DAMDAM CHASHMA

DAMDAM CHASHMA — yuqori paleolit va ilk jez davriga oid manzilgoh. Katta Bolxon togʻining jan. yon bagʻri (Turkmaniston) dagi dara gʻorlaridan topilgan. Ikki gʻori oʻrganilgan. Ularning har biri bir necha madaniy qatlamdan iborat. 1-gʻor (D—I) dan prizma shaklidagi nukleus, chaqmoqlangan tosh boʻlaklari, tosh pichoq, bigiz, azil tipidagi qisqich, yoʻnuvchi tosh qurol (quyi qismidan) va chaqmoqtosh qurollar, hayvon suyaklari, sopol siniqlari (yuqori qismidan) topilgan. 2-gʻor (D-P) 23 madaniy qatlamni oʻz ichiga oladi. Eng pastki qatlamlaridan faqat tosh qurollar (qisqich, oʻroqsimon randa, nukleus, parma, pichoq va pardozlangan qisqichlar) topilgan. Yuqori qatlamlarida mehnat qurollari chiqqan, pardozlangan chaqmoqtosh qurollari va suyak ignalar 4 qavatdan koʻp topilgan. 1 — 3qavatlarda tosh qurollar bilan birga sirti silliqlanib, uch burchakli, oʻyma va toʻgʻri chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar ham uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: DAMDAM CHASHMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
PALEOLIT
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты