DAMLASH

DAMLASH, dimlash — taom pishirishdagi jarayon. Baʼzi taomlar pishgandan soʻng yana maʼlum muddat damlanib meʼyoriga yetkaziladi. Bunda ovqatli idish bugʻ chiqmaydigan qilib jips berkitiladi, yo juda sust olovda yoki qizigan oʻchoq taptida, yoxud oʻchoqdan olingan holda dam yediriladi. Mas, osh Damlash, choy D., va sh. k. Damlanganda masalliq qaynashdan toʻxtab, unda erigan turli foydali neʼmatlar bir-biri bilan kimyoviy qoʻshiladi va yanada lazzatliroq boʻladi. Issiq ovqatlarning barchasini, hatto suyuq oshlarni ham Damlash tavsiya qilinadi. Issiq somsaning ustiga qalinroq narsa yopib, damlab qoʻyilsa, oʻz boʻgʻi taʼsirida xamiri yumshaydi.


Lotin alifbosida maqola: DAMLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Mango guruhi - Maysara
CHOY
IBN SINO
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты