DAMODAR

DAMODAR — Hindistondagi daryo. Uz. 580 km, havzasining mayd. 20 ming km2dan ortiq. Chxota-Nagpur platosidan boshlanib, Hindgang tekisligining sharqiy qismidan oqadi, Gang daryosi deltasida uning tarmogʻi — Xugli daryosiga quyiladi. Yoz va kuz oylarida toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 330 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Damodar havzasida GES, suv omborlari, sugʻorish kanallari qurilgan. Damodar vodiysi Hindistonning muhim industriyalashgan (issiqlik elektr st-yalari, koʻmir qazib olish, metallurgiya, mashinasozlik) r-nlaridan biri.


Lotin alifbosida maqola: DAMODAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
HINDISTON
AMUDARYO
TOSHKENT
ISSIQLIK ENERGETIKASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты