DAN TILI

DAN TILI — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16 — 19-a. larda Dan tili Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda Dan tilining 3 davri farklanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-a. lar), eski Dan tili (9—16-a. lar) va yangi Dan tili (16-a. dan keyingi davr). D. t. dagi qad. yozma yodgorliklar «runik» yozuvda boʻlib, 9-a. ga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski Dan tili boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-a. ga kelib, hoz. adabiy Dan tili shakllandi. Adabiy Dan tili zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy Dan tili uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli bilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.


Lotin alifbosida maqola: DAN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
GERMANIYA
XITOY
YER
JAHON TILLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты