DANBURIT

DANBURIT — bor silikatlarining kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ca[B2Si2O8]. AQSHning Danburi koni (Konnektikut shtati) nomidan. Romb singoniyali. Kristallari prizma shaklida. Qattikligi 7—7,5. Zichligi 3,0 g/sm3. Rangi sargʻish, och jigarrang, qoramtir va rangeiz. Skarnlarda datolit, aksinit, piroksen va granatlar bilan birga, choʻkindi togʻ jinslarida esa dolomit, osh tuzi, gips, angidrit, gidroboratsit, kotoitlar bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Qurama, Olay toglari va Hisor togʻining jan. etaklarida uchraydi. Q. x. da mikroele-mentli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Germaniya (Brandenburg), Shveysariya, AQSH (Nyu-York shtati), Meksika, Yaponiya, Rossiya (Primorye oʻlkasi)da topilgan.



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
YAPONIYA
MEKSIKA
ROSSIYA
SHVEYSARIYA


Добавить комментарий