DANDANA

DANDANA (fors, dandon) — 1) qad. miskarlikda — mis boʻlaklarini bir-biriga ulash usuli. Boʻlaklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qoʻllaniladi;

2) temirchilikda — (oʻchoq) ning dam chiqarib, metallni qizdiradigan joyi (Andijon, Margʻilonda);

3) meʼmorlikda — gʻishtlarni qirra qilib terib hosil qilinadigan bezak usuli, kungura. Bu usuldan hovuz va gulzor chekkalarini, binolarning yuqori qismlari (karnizlar) ni bezashda foydalaniladi. Turar joylarda poygoh (oyoq kiyimlari yechiladigan maxsus joy) ham Dandana usulida gʻisht b-n atrofdan ajratilgan. Devorlar tepasidagi Dandana devorni qor-yomgʻirdan himoya qilgan;

4) dehqonchilikda — uzunasiga olinadigan ariqcha (q. Joʻyak). Tishli mola (sixmola) ham Dandana deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: DANDANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
TOSHKENT
TURAR JOY
YER
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий