DANDANAKON

DANDANAKON — Marv sh. dan 33 km jan.-sharq (hoz. Toshrabot shaharchasi oʻrni)da oʻrta asrlardan qolgan shahar xarobasi. Old Osiyodan Jan.-Sharqiy Osiyoga boradigan qad. savdo yoʻli ustida joylashgan. Arxeologik qazilma va yozma manbalarga qaraganda, Dandanakon 9 — 11-a. larda ancha rivojlanib, mustahkam imoratlar va qalin mudofaa devori qurilgan (10a.). D. yonida 1040-y. 23-mayda Masʼud Gʻaznaviy bilan saljuq sultoni Toʻgʻrulbek oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang tarixda mashhur (q. Dandanakon jangi). Maqdisiy Dandanakonda naqshlar (oʻymakorlik, ganchkorlik) bilan bezatilgan hashamatli binolar borligini yozadi. Dandanakon saljuqiylar davlatining tashkil topishida muhim rol oʻynagan. 1158-y. da u oʻgʻuzlar tomonidan vayron qilingach, asta-sekin tashlandiq holga tushib qolgan.


Lotin alifbosida maqola: DANDANAKON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR
Shaxriyor - Tashlandiq
AFROSIYOB
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты