DANDARIYLAR

DANDARIYLAR — mil. av. 1-ming yillikda Kubanning quyi havzasi va Azov dengizining jan.-sharqiy qirgʻogʻida yashovchi meot qabilalari guruhining eroniycha nomi. Dastlab Gekatey (mil. av. 6-a.), keyin Strabon, Plutarx tomonidan aytib oʻtilgan. Grek yozuvlaridan ham maʼlum. Mil. av. 4-a. dan Bospor podsholigi tarkibida. Dandariylarning markazi — Coca sh. D. jasur yoʻlboshchilari Olfak boshchiligida Mitridatning Rimga qarshi kurashida (mil. av. 74—63) uni qoʻllabquvvatlashgan. Dandariylarning keyingi taqdiri nomaʼlum. Sarmatlar bilan aralashib ketgan boʻlishlari ehtimoldan xoli emas.


Lotin alifbosida maqola: DANDARIYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты