DANLAR

DANLAR, daniyaliklar (oʻzlarini danskere deb ataydilar) — xalq. Daniyaning asosiy aholisi (5 mln. kishiga yaqin). Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, AQSH, Kanada va b. mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,6 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Dan tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, protestantlar, katoliklar ham bor. Kadimda Daniyaning hoz. hududida german qabilalari (kimvrlar, yutlar, angllar, sakslar) joylashgan; 5—6-a. larda Jan. Shvetsiyadan german qabilalaridan boʻlgan danlar bostirib kirgan. 6—8-a. larda bu qabilalarda ibtidoiy tuzum parchalanish jarayoni sodir boʻlgan; 10— 11-a. larda ulardan yagona dan elati vujudga kelgan; ilk davlat tuzilgan. 19-a. da dan millati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, gilam toʻqish va b. turlari ham rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: DANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KANADA
XITOY
ROSSIYA
NORVEGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты