DANFIGANKET

DANFIGANKET, Dinvagikad (soʻgʻdiycha — muqaddas din ibodatxonasining joyi) — oʻrta asrlarga oid shahar oʻrni. Sharq geograflarining maʼlumotiga qaraganda, u Shosh viloyatining markazi Binkatdan 5 farsax (35—40 km) uzoqlikda xalqaro karvon yoʻli ustida joylashgan. Danfiganket xarobalari hoz. Niyozboshi qishlogʻi yaqinidagi Yoʻgʻontepa degan joyda joylashgan boʻlib, atrofi devor bilan oʻralgan toʻgʻri burchakli qalʼa va shahristondan iborat. Unda hunarmandlarning katta gu-zari boʻlgan. Danfiganket 6—7-a. larda shahar xoliga kelgan va 9—12-a. larda gullash davrini boshdan kechirgan. Moʻgʻullarning talonchilik hujumi natijasida 13-a. boshlarida shahar vayronaga aylangan.



TOSHKENT
YER
YAPONIYA
TOSHKENT VILOYATI
XIVA


Добавить комментарий