DAOSIZM

DAOSIZM (dao soʻzidan) — 1) qad. xitoy falsafasidagi yoʻnalishlardan biri; dao haqidagi taʼlimot. Mil. av. 6—5-a. larda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning gʻoyalari «Dao de szin» kitobida bayon etilgan. Daosizm vakillari — mil. av. 4 — 3-a. larda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-szi. Daosizmga koʻra, tabiat va inson hayoti «ilohiy samoviy qonun»ga bogʻliq emas, balki narsalarning tabiiy yoʻli, qonuni — «dao»ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari — «dao»ga rioya qilish insonga «oʻz tabiatini butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular oʻzgarishda, harakatda: «bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, baʼzi narsalar gullaydi, baʼzilari soʻnadi», deb hisoblaydi. Daosizm taʼlimotida insonga oʻzidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin boʻlgan hayotga qaytish daʼvati bor.

2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda) biri. Daosizm falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 1—3-a. larda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan (2-a. ning 1-yarmi). Daosizm urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. Daosizm dinida 3 xudo — Shandi, Laoszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-a. dan Daosizm diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-a. ga kelib Daosizmning adabiyotlar toʻplami — «Dao szan» vujudga keldi. Daosizm boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. Daosizm kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va b. ni oʻz ichiga oladi. Ayni vaktda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik D. Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: DAOSIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YER
TOSHKENT
IBN SINO
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты