DARAI GAZ

DARAI GAZ, Deregez, Darai Jaz — oʻrta asrlarda Afgʻonistonning shim. da mavjud boʻlgan qad. togʻli tuman va shahar. Balxob daryosi vohasida, Balxdan 5 farsax (1 farsax — 6—7 km) jan. da joylashgan. 10-a. da bu togʻlar Jabal Koʻh nomi bilan mashhur edi. «Darai Gaz» atamasi qadimdagi afsonaviy Gaziston mamlakati nomidan olingan. Rivoyatlarga koʻra, afsonaviy Rustam Semurgʻ bergan kamon dastasini Isfandiyorta shu yerdan turib uloqtirgan. 17-a. ga oid «Subxonqulinoma» asarida qam Darai Gaz tarixi afsonaviy davrlarga borib taqaladi. 17-a. da Darai Gaz vohasi Ayni Iskandariya (Iskandar bulogʻi) nomi bilan mashhur katta chashma bor edi. Bu chashma yaqinidagi, atrofi suv bilan oʻralgan balandlikdagi maqbaraga goʻyo Aleksandr (Iskandar Maqduniy) dafn etilganmish. Xitoy manbalariga koʻra, Darai Gaz vohasida ilk oʻrta asrlarda Kiyotchi mulki joylashgan, Syuan Szanning yozishicha, uning iqlimi sovuk, lekin yeri juda unumdor boʻlib, oʻsimlik va mevalar oz, lekin sabzavot va bugʻdoy moʻl-koʻl edi. Aholisi serjahl va beshafqatliligi bilan ajralib turgan. 7-a. da bu yerda 10 ta budda monastiri, 300 ga yaqin rohib boʻlgan. Oʻrta asrlarda Darai Gaz vohasida shu nomda bir shahar bor edi, koʻplab qishloqlar unga tobe edi. 11-a. da Darai Gaz Gʻaznaviylar shikorgohi va harbiy karorgohi boʻlib, unda ikki mingdan ziyod turkiy va hindlardan iborat otliq qoʻshin urnashgan. Darai Gaz vohasi 16—17-a. larda ham Balx viloyati harbiy kuchlarining toʻplanish yeri va bosh harbiy qarorgoh hisoblanib, u yerda hukumat qoʻshinlarining doimiy turar joylari joylashgan. Bu yerdagi Oqjilgʻa yaylovining kengligi 2 farsaxga (12—14 km) yetgan. Balx aholisi yoz faslida shu yerda dam olgan.

Ad.: Ahmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: DARAI GAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YER
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты