DARAKCHI

DARAKCHI — qad. Sharq davlatlari armiyalarida maxsus topshiriklarni ado etadigan va turli xabarlarni yetkazib turadigan shaxs, razvedkachi. Darakchilar savdogar, qalandar, tuyakash qiyofasida uzoq oʻlkalarga borib, chet mamlakatlarning harbiy kudrati, urushga tayyorgarligi, chet el aygʻoqchilari, oʻz mamlakatidan qochgan siyosiy aybdorlar haqida darak topib kelib, xukmdorlarga yetkazganlar. Ibn Arabshohning taʼkidlashicha, Amir Temur D. lar xizmatidan juda unumli foydalangan. Darakchilar chor-atrofda boʻlayotgan hodisalardan Sohibkironni xabardor etganlar. Bozorlardagi narxnavolar, qishloq va shaharlardagi vaziyat haqida muttasil axborot yiqkanlar. Gʻanim tomonga joʻnatilgan Darakchilar yovga tegishli yoʻl, soʻqmoq, notekis joylarning surati (chizmasi)ni keltirib, mudofaa istehkomlarining qaysi hudulda joylashgani, ularning nomlari, hukmdorlari, lashkarboshilari, ulugʻlari, fozillari, boylari, kambagʻallari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot bilan qaytganlar (yana q. Aygʻoqchi, Ayyor, Bozargon).


Lotin alifbosida maqola: DARAKCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
HARBIY SANʼAT
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты