DARALITOGʻ

DARALITOGʻ — Kalif-Sherobod qator tepalari (gryadasi)ning bir qismi, Sherobod dashtiga tutashgan. Surxondaryo viloyatida. Eng baland joyi 823 m. D. Talxobdaxana darasidan (jan.-gʻarbdan) Shoʻrbuloqqacha 30 km ga choʻzilgan. Boʻr davrining gil, qumtosh, alevrolit va mergellaridan, paleogenning qumtosh va ohaktoshlaridan tuzilgan. Paleogenning ohaktoshlari (buxoro yarusi) Daralitogʻning oʻq qismiga toʻgʻri keladi. Ohaktoshlar zich va qattiq boʻlganligi tufayli suvayirgʻich qismida qalqonsimon relyef shakllari vujudga kelgan.

Daralitogʻning jan.-sharqiy yon bagʻri ancha tik. Quruq soylar bilan kuchli parchalangan va vaqtincha oqar soylarning pro-lyuvial tekisliklari togʻ oldida keng hududni egallagan. Dagʻal toʻq boʻz tuproqlarda shuvoq, biyurgʻun, shoʻra, gulxayri, oqquray, qoʻngʻirbosh, rang va b. efemerlar keng tarqalgan, bahor va kuzda pichan oʻrib olinadi. Daralitogʻ yaylov chorvachiligida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DARALITOGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALIF-ShEROBOD QATOR TEPALARI
SURXONDARYO VILOYATI
BUXORO VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты