DARBAND

DARBAND — RF ning Dogʻiston Respublikasi jan.-sharqidagi shahar. Kaspiy dengizi boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 82 ming kishi (1992). Darband — Dogʻistonning yirik sanoat markazlaridan biri. «Elektrosignal», metall silliklash stanoklari z-dlari, oziq-ovqat (jumladan vino tayyorlash, meva konservalash), jun yigirish va gilam f-kalari, teatr, oʻlkashunoslik, tarix-meʼmorlik muzeylari bor. D. dan Grozniyga neft quvuri oʻtkazilgan.

Darband 438-y. da tog yon bagʻridagi tepalikka qurilgan Norinqalʼa harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq qalʼadan dengizgacha parallel qurilgan 2 noyob tosh devor oraligʻida shahar kengaya bordi. Xusrav I Anushirvon 6-a. oʻrtalarida qurdirgan bir necha darvozali, minorali devorlar Kavkaz togʻlari bilan dengiz oraligʻidagi kambar (3 km) yoʻlakni shim. va jan. dan toʻsib turgan va oʻrta asrlarda muhim harbiystrategik ahamiyatga ega boʻlgan.

Darbandda uylar toshdan qurilgan. Keyinroq bozor maydonida jome masjidi barpo qilingan. Darband nomi 7-a. dan boshlab uchraydi. 627-y. qalʼani xazarlar egallagan. Shahar 7—9-a. larda Arab xalifaligiga kirgan va musulmon olamining eng chekka qalʼasi hisoblanib, Kaspiy dengizi sohilidagi yirik port shahar sifatida maʼlum boʻlgan. Tashqariga zigʻir gazlama va roʻyan chiqarilgan. 10-a. da sultonlik poytaxti. 13-a. da moʻgʻullar vayron qilgan. Bu davrda shahar moʻgʻulcha Qahlagʻa, turkcha Temir Qapigʻ deb atalgan. Toʻxtamishxon Darbandda oʻz nomidan tanga zarb qildirgan. Amir Temur Toʻxtamishxonga qarshi urushganda va orqaga qaytishda Darbandda boʻlgan (1395 — 96). Shahar 15-a. oʻrtalarida tushkunlikka uchragan. 1509-y. dan Eron tarkibida, 1578—1606-y. larda Turkiya tarkibida boʻlgan; Eron shohi Abbos davrida dengizda tosh minora qurilgan. 1722-y. da Rossiya bosib olgan, 1735-y. da yana Eronga oʻtgan. 1747-y. dan Darband xonligining poytaxti. 1765-y. dan Kuba xoni Fatxalining qarorgohi. 1796-y. D. ni yana Rossiya egallagan, 1806-y. qayta bosib olgan. Darband eski va yangi (19—20-a. larda qurilgan) dahadan iborat. Meʼmoriy yodgorliklaridan Jome masjidi majmuoti (8 — 14-a. lar) va Madrasa (15—19-a. lar), Minorali masjid (14 — 19-a. lar), Qirqlar masjidi (17-a.), qad. karvonsaroylar, ravoq gumbazli hammomlar (17—18-a. lar), xon maqbarasi (18-a.), Norinqalʼa qoldiklari, devorning ayrim qismlari va b. saqlangan.

Ad.: Xan-Magomedov S. O., Derbent, M, 1958.

Abduqayum Abdurahimov.


Lotin alifbosida maqola: DARBAND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
DOGʻISTON
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты