DARBAND DEVORLARI

DARBAND DEVORLARI — Darband sh. (Dogʻiston Respublikasi) va qalʼasini oʻrab olgan 2 qad. tosh devor xarobasi. Devorlaridagi paxlaviy yozuvlariga koʻra, mil. 567-y. da bino etilgan. Jan. tomondagi devordan 4 darvozasi va 3 burji boʻlgan kichik bir kiyom saqlanib qolgan. Shim. tomondagi devor esa 3 darvozasi va 30 burji bilan qariyb toʻla saqlangan. Devorlarning uz. 40 km dan ortiqroq, oʻrtacha bal. 6,5 m boʻlgan. Darband devorlari gʻarb tomondan Norinqalʼa istehkomiga borib ulanadi.


Lotin alifbosida maqola: DARBAND DEVORLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
YER
XITOY
TOSHKENT
DOGʻISTON


Добавить комментарий