DARBON

DARBON (fors — darvozabon, eshik soqchisi) — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda eshik yoki darvoza sokchisi, darvozabon. Qoʻrgʻon, qalʼa yoki shahar darvozalari belgilangan vaqtda Darbonlar tomonidan ochilgan yoki yopilgan. Darbonlar darvozadan kiruvchi yoxud chiquvchilarni nazorat qilgan. Darvoza oldida kishilar, otaravalar toʻplanib qolishining oldini olgan.

2) Buxoro amirligida saroy xizmatchisi; Buxoro hayotini zimdan kuzatib, poytaxt xavfsizligini taʼminlab turuvchi harbiy qism va tegishli qurolyarogʻlar mutasaddisi (boshqaruvchisi). Darbon ixtiyorida zindon yoki Arkda qamalgan mahbuslar ham boʻlgan; amirlik uchun xavfli hisoblangan jinoyatchilarni soʻroq qilgan. Darbon toʻpchiboshi yoki «toʻpchi boshiyi Arki oliy» ham deb atalib, qushbegi bilan ikkalasi har qanday vaziyatda ham Arkni tark etmasliklari lozim boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: DARBON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
TEMURIYLAR
BUXORO XONLIGI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты