DARVESh ALI

DARVESh ALI (15-a.) — shoir, xattot, tabib. Fors tilida ijod qilgan. Muammo, qasida va ruboiylar yozgan. Sheʼrlar devoni hali topilmagan. Navoiy «Majolis un-nafois»da Darvesh Ali haqida «…tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tabʼin taʼrif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar ukodurlar. Tabʼi ham yaxshidur. Ammo muammogʻa koʻprak mashgʻuldir», deydi. Darvesh Ali Jomiy «Bahoriston»i, Navoiy «Chor devon»ining 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir Gʻazzoliining «Maʼrifat ul-mazohib» risolasini nastaʼliq xatida koʻchirgan. Bu dastxatlar Oʻzbekistan FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2227, 4007, 7701, 3376).


Lotin alifbosida maqola: DARVESh ALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
BERUNIY
JOMIY
DARVESh MUHAMMAD TOQIY
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты