DARVESh MUHAMMAD TARXON

DARVESh MUHAMMAD TARXON (?-1496) — temuriylardan Sulton Ahmad Mirzo (1451—94) ning nufuzli amiri, yirik yer egasi. Oʻrda Bugʻo Tarxonning oʻgʻli. Buxoro hokimi. Argʻin qabilasidan. Sulton Ahmad Mirzo va Sulton Mahmud Mirzoning togʻasi boʻlgan. Alisher Navoiy Samarqandda tahsil olayotgan paytda (1466—69) Darvesh Muhammad Tarxon unga homiylik qilgan. Samarqand yonida Darvesh Muhammad Tarxonning chorbogʻi boʻlgan. Bobur va Binoiy bergan maʼlumotlarga koʻra, tarixchi Muhammad Solih 15-a. 90-y. lari oʻrtalarida Darvesh Muhammad Tarxon xizmatida boʻlgan. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494) dan soʻng Darvesh Muhammad Tarxon Boysungʻur Mirzo bilan Sulton Ali Mirzo oʻrtasidagi taxt uchun kurashda ishtirok etib, Boysungʻur Mirzo tomonidan asir olinib, qatl etilgan. Bobur «Boburnoma»la Darvesh Muhammad Tarxon haqida «Mirzo qoshida barcha beklardin ulugʻroq va moʻtabarroq bu erdi. Musulmon, odmi va darveshvash kishi erdi. Hamisha musʼhaf kitobat qilur erdi. Shatranjni biser oʻynar edi, yaxshi oʻynar edi. Qush ilmini xoʻb bilur edi, qushni xoʻb solur edi», deb yozadi.


Lotin alifbosida maqola: DARVESh MUHAMMAD TARXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TEMURIYLAR
BOBUR
TOSHKENT
SAMARQAND


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты