DARVESh MUHAMMAD TOQIY

DARVESh MUHAMMAD TOQIY (15-a. 2-yarmi — 16-a. boshlari, Hirot) — mashhur xattot, nastaʼliq xati ustasi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan, ularning asarlarini chiroyli nastaʼliq xatida koʻchirgan. Darvesh Muhammad Toqiy koʻchirgan qoʻlyozma kitoblar: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-tida Husayn Voiz Koshifiyning «Lubob ul-albob» (Rakami — 2227, 1477-y. da koʻchirilgan), Alisher Navoiyning uchta terma devoni (R—3479, 4007, 7701; 15-a. oxiri — 16a. boshlari), Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston» (R—3376/1, 15-a. oxiri), Muhammad Tohiriy Gʻazzoliyning «Maʼrifat ul-mazohib» (R—3376, 1502-y.) asarlari; Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi ommaviy kutubxonada Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»si (Dorn 338, 1482-y.), Istanbuldagi Toʻpqopu saroyi kutubxonasida Alisher Navoiyning hayotligida tartib berilgan moʻtabar «Kulliyot»i (26 asarni oʻz ichiga olgan, 802 varakdan iborat) rasmli qoʻlyozma kitobi (R-808, 1497— 1500-y. lar) saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DARVESh MUHAMMAD TOQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
JOMIY
BERUNIY
SULTONALI MASHHADIY
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты