DARVIN

DARVIN (Darvin) Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberi sh. – 1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlogʻi) — ingliz tabiatshunosi, hayvon va oʻsimlik turlarining tabiiy tanlanish yoʻli bilan kelib chiqqanligi haqidagi evolyutsion taʼlimot asoschisi (q. Darvinizm). «Bigl» kemasida tabiatshu-nos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1831—36), zoologiya, botanika, geol., paleontologiya, antropologiya va etn. sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biol. va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyutsiyasining asosiy omillarini ochib berdi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» asarida hayvon va oʻsimlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qildi. «Odamning paydo boʻlishi va jinsiy tanlanish» asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi.


Lotin alifbosida maqola: DARVIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIOLOGIYA
YER
EVOLYUTSION TAʼLIMOT
FRANSIYA
ODAM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты