DARVISH

DARVISH Mahmud (1941.13.3, Akka sh. yaqinidagi Barva qishlogʻi) — falastinlik arab shoiri, jamoat arbobi, jurnalist. Yoshligi Xayfada oʻtgan. Falastin xalqi ozodligi haqidagi sheʼrlari uchun isroillik tajovuzkorlar tomonidan bir necha bor qamalgan. 1971-y. da vatanidan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Qohira, Bayrutda yashagan. Ijodi asosan vatan ozodligi uchun kurash mavzuida («Qanotsiz qushlar», «Zaytun barglari», 1961; «Falastinlik oshiq», 1966; «Tunning oxiri», 1969; «Odatdagi gʻamgin kunlar», 1973; «Ovoz», 1980 va b.). Sheʼrlari oʻnlab xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan. Darvish «Nilufar» xalqaro adabiy mukofoti laureati (1969).


Lotin alifbosida maqola: DARVISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FALASTIN
ALISHER NAVOIY
TURKIYA
LIVAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты