DARVISH SHAYXIM QALANDARIY

DARVISH SHAYXIM QALANDARIY (15-a. ning oxiri, Hirot — 16-a., Balx) — sozanda, xonanda, bastakor. Darvishali Changiy oʻz risolasida uning xushovozliligini yuksak baholagan. Darvish Shayxim Qalandariy «Navo dashtining xushxon bulbuli» nomi bilan mashhur boʻlgan. Shay-boniylardan Kisri Qora Sulton Hirotni ishgʻol etgach, D. Sh. Q. Balxga koʻchgan (1506). Balx hokimi Pirmuhammad Sulton Segoh yoʻlidagi naqshlariga maftun boʻlib, uning shuqratiga shuhrat qoʻshgan. Darvish Shayxim Qalandariy asarlariga ustod Abdulloh Noyi, Hofiz Qonuniy, Ustod Ilyos Noyi, Ustod Poyondaiy Qobuziy, Ustod Muhammad Surnoyi, Ustod Oʻzbek Gʻijjakiy va b. ham yuqori baho berishgan.


Lotin alifbosida maqola: DARVISH SHAYXIM QALANDARIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
DARVISHALI CHANGIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты