DARVOZ TIZMASI

DARVOZ TIZMASI — Pomirnkng gʻarbiy qismidagi tizma. Obixingov, Panj va Vanch (Panj havzasi) daryolari oraligʻida. Shim.-sharkdan jan.-gʻarbga 200 km choʻzilgan, shim.-sharkda Fanlar akademiyasi tizmasiga tutash. Darvoz tizmasi paleozoy va mezozoyning ohaktosh, qumtosh, gilli slanes, konglomerat, shuningdek, kristalli slanes va granitlaridan tarkib topgan. Tizmaning sharqiy qismi baland (6083 m), tepalarida muzlik koʻp. Muzliklarning umumiy mayd. 420 km2, ayrim muzliklarning uz. 12—15 km. Tizmaning gʻarbiy qismi past (3000— 3700 m) boʻlib, yon bagʻirlarida dasht oʻsimliklaridan shoʻra-shuvoq, chalovshuvoq-betaga, ayrim joylarda daraxt va butalar oʻsadi. Shim. yon bagʻirlarida zarangzor, yongʻoqzor, jan. yon bagirlarida archazor, bodomzorlar bor. 3500—3700 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloqlari uchraydi. 4200—4500 m dan yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu yerlarda arxar va burama shoxli takalar yashaydi.


Lotin alifbosida maqola: DARVOZ TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



POMIR
TYANOʻPAN
YEVROPA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты