DARVOZAXONA

DARVOZAXONA, dalon — mahobatli qalʼaband inshootlarda, uyjoy meʼmorligida koʻcha (tashqari)ni hovli bilan bogʻlovchi usti berk maxsus xona. Yon tomonlarida supacha yoki oxurlar boʻlishi mumkin. Qadimda shahar va qalʼa devorlariga uygʻunlashtirib qurilgan. Unda soqchi, darvozabon va b. uchun maxsus xonalar va atrofii kuzatish uchun minoralar qurilgan. Oʻrta asr shahar Darvozaxonasi tashqarisida karvonsaroy, bozor va hammomlar joylashgan (q. Bogʻcha darvoza, Kush darvoza, Tosh darvoza). Jamoat binolari (madrasa, masjid va b.)da Darvozaxona peshtoqli, miyonsaroyln qilib qurilgan. Qishloq qoʻrgʻonlari Darvozaxonasi oldida koʻpincha hovuz, quduq, chorbogʻlar boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: DARVOZAXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XALQ IJODI
XIVA
TEMURIYLAR
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты