DARYO TRANSPORTI

DARYO TRANSPORTI — transportning asosiy turlaridan biri; tabiiy (daryo, koʻl) va sunʼiy (kanal, suv ombori va b.) suv havzalari orqali yuk va yoʻlovchi tashiydi. Vazifasiga koʻra, bir qancha davlatlar oʻrtasida tashqi savdo aloqalarida yuk tashishga xizmat qiluvchi magistral daryo yoʻllarida (mas, Dunay, Oder, Reyn, Amur, Paragvay va b.), mamlakat ichida yirik mintaqalararo (mas, Yanszi, Volga, Missisipi), ichki hududiy aloqalarga xizmat koʻrsatadigan mahalliy (hudud ichida) Daryo transporti turlari mavjud. Daryo transporti kemalari foydalanish maqsadlariga koʻra transport, texnik va yordamchi kemalariga boʻlinadi. Transport kemalari tarkibiga yoʻlovchi, palubasida quruq yuk tashuvchi, tryumiga suyuq yuk tuldiriladigan yoki palubasida maxsus baklar oʻrnatilgan suyuq yuk (neft, neft mahsulotlari) tashuvchi, suruvchi va shatakchi kemalar kiradi. Texnik flot da daryolar tubini chuqurlashtiruvchi snaryadlar, suv yoʻllarini sozlashga xizmat koʻrsatadigan yordamchi kemalardan foydalaniladi. Yordamchi kemalar ga taʼmirlash ustaxonalari, suzuvchi magazinlar, kemalar, paromlar, kum va shagʻal qazib oladigan jihozlar va b. kiradi. Daryo transportida bugʻ, yonilgʻi, elektr energiyasi, gaz dvigatellari yordamida harakat qiladigan kemalar (paroxod, teploxod, elektroxod) hamda barja va sollardan foydalaniladi. Daryo transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish quruqlikda harakat qiluvchi transportga nisbatan ancha arzon (avtomobil transportiga nisbatan 3—5-marta).

Yuk va yoʻlovchilarni manzilga yetkazishda Daryo transportidan foydalanish qadimdan maʼlum. Miloddan ming yillar ilgari Mesopotamiya (Dajla va Furot daryolari) va Misr (Nil daryosi)da eshkakli va hatto, yelkanli kemalar ishlatilgan.

Dunyoda daryo yoʻllarining umumiy uz. 550 ming km ga yaqin. Yevropada Daryo transporti bir-muncha yaxshi rivojlangan. Mas, Polshada Odra, Visla daryolari, Germaniyada Quyi Oder, Oʻrta Elba va b., Vengriyada Dunay, Tisa, Kyoryosh, Fransiyada Reyn, Rossiyada Volga daryolarida yuk va yoʻlovchi tashuvchi kemalardan keng foydalaniladi. Shuningdek, AQSH, Braziliya, Kanada va b. davlatlarda ham yuk tashishda Daryo transporti muhim ahamiyatga ega.

Oʻrta Osiyoda qadimdan Amudaryo va Sirdaryoda qayiqlardan transport turi sifatida foydalanilgan. 18-a. da Rossiyaning boshqa mamlakatlar bilan savdo munosabatlari Oʻrta Osiyoda daryo transportining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Jahon bozorida rus xom ashyosi (yogʻoch, don, kanop, momiq) va Rossiya orqali oʻtadigan sharq tovarlari (choy, ipak, paxta va b.) ga talab ortdi. 1847-y. ga kelib Orol dengizining shim. qirgʻogʻi va quyi Sirdaryoni egallagan Rossiya ruslarning tayanch punktlarini qoʻriqlash va yangi hududlarni oʻrganishga moʻljallangan Orol harbiy flotiliyasini tuzdi.

Amudaryoda bugʻ bilan yuradigan kemalarning uzluksiz qatnovi 1873-y. dan yoʻlga qoʻyildi (shu yilning apr. da Orol dengizidan Nukus sh. gacha birinchi kema yurdi). 1877-y. da daryoning Chor-joʻygacha boʻlgan qismi ham oʻrganildi, suv yoʻli uzaytirildi. 1887-y. ga kelib Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy mavqeini mustahkamlash maqsadida Amudaryo harbiy flotshshyasi tashkil etildi (Amudaryo harbiy flotiliyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror 1893-y. datasdiklangan). 1913-y. da flotiliyada 8 paroxod, 14 barja boʻlib, ular garnizonlarga xizmat koʻrsatish, Toʻrtkoʻldan Termizgacha boʻlgan masofaga doimiy pochta, yoʻlovchi va yuk tashishni yoʻlga qoʻyishga moʻljallangan edi. 1923-y. da Amudaryo harbiy flotiliyasi natsionalizatsiya qilindi va «Oʻrta Osiyo paroxodchiligi» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yoʻllarining umumiy uz. 887 km edi. Oʻsha davrda Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida umumiy yuk ortish quvvati 7 ming t boʻlgan 20 kema va 50 barja, umumiy yuk ortish quvvati 24 ming t boʻlgan 1500 qayiqbor edi. 1923-y. da boshqaruv idorasi Toshkentda joylashgan Oʻrta Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzildi (1934-y. da boshqarma Chorjoʻyga koʻchirildi, 1956-y. dan Oʻrta Osiyo paroxodchiligi sobiq Ittifoq Dengiz floti vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi).

1930-y. da Toshkentda dengiz texnikumi ochildi (1939-y. da Chorjoʻyga koʻchirilgan). Xorazm vohasi, Qoraqalpogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston daryo transporti 50-y. larning 2-yarmigacha bu xududlarning iqtisodiy rivo-jida muhim oʻrin tutdi. 1950-y. Termizda daryo porti ochildi, 1952-y. da Xoʻjaylida kema taʼmirlash zdi qurildi. Amudaryo sohillarida yangi Sharlavuq, Toʻrtkoʻl, Beruniy, Qoratov, Xoʻjayli bandargoh (pristan)lari foydalanishga topshirildi. 1980-y. ga kelib Oʻzbekistonda suv yoʻllarining umumiy uz. 2800 km ga yetdi. Amudaryoda Panj (Tojikiston) bandargo-qidan Moʻynoqqa qadar paroxodlar qat-novi amalga oshirildi.

Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yoʻllari keskin qisqardi, ammo shunga qaramay 1980-y. D. t. da 1420 ming t yuk tashildi.

1991-y. da Oʻrta Osiyo respublikalari mustaqillikka erishganlaridan keyin Oʻrta Osiyo paroxodchiligi boshqarmasi mulki Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston oʻrtasida taqsimlandi. 1994-y. 11-mayda Oʻzbekistan Respublikasida joylashgan daryo floti boʻlinmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. Oʻrta Osiyo paroxodchiligining Oʻzbekistondagi mulki va boʻlinmalari negizida «Termiz daryo porti», «Xorazm daryo floti», «Qoraqalpogʻiston daryo floti» i. ch. birlashmalari tashkil etildi (1995). 2001-y. iyun oyidan Oʻzbekistan avtomobil va daryo transporti agentligi (1998)ning Kemachilik registri va kemachilik inspeksiyasi boʻlimi flotning texnik holati va suv yoʻllarining holatini nazorat qilish ishlarini olib boradi.

Respublikada Termiz daryo porti, Sharlavuq, Toʻrtkoʻl, Beruniy, bratov, Xoʻjayli bandargoxlari, Amudaryo orqali Toʻrtkoʻl — Xonqa, Chalish — Beruniy suzma koʻpriklari, Xoʻjayli kema taʼmirlash zdi bor (2001). Termiz daryo porti yiliga 2 mln. t dan ortiq yukni qabul qilish — joʻnatish quvvatiga ega, Afgʻonistonning Hayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berish xalqaro axamiyatga molik. Respublika daryo flotida 200 dan ortiq teploxod, shuningdek, barjalar, zemlesoslar, su-zuvchi ekskavatorlar, port kranlari va b. yordamchi kemalar texnika vositalari bor. Respublikada suv yoʻllarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin. Xalq xoʻjaligi yuklari asosan Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi. Oʻzbekistonning port va bandargoxlari t. y. lar bilan bogʻlangan.

Bahrom Soriyev.


Lotin alifbosida maqola: DARYO TRANSPORTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
FRANSIYA
AVTOMOBIL TRANSPORTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты