DARYO QISQICHBAQALARI

DARYO QISQICHBAQALARI – oʻn oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumi 2 oilasining umumiy nomi (Astacidae va Parastacidae) . Tanasining uz. 6—30 sm, ayrim turlari (Madagaskar D. q.) 80 sm gacha. Afrikadan tashqari moʻtadil iqlimli hududlarning daryo va soylarida hamda gʻor suvlarida uchraydi. Keng barmoqli (Astacus astacus) va ingichka barmoqli Daryo qisqichbaqalari (A. leptodactylus) keng tarqalgan. Keng barmoqli Daryo qisqichbaqalari q asosan Yevropa daryolarida (mas, Boltiq dengizi havzasida); ingichka barmokli Daryo qisqichbaqalari Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizlari havzalarida uchraydi. Oqadigan daryolar va soylarda yashaydi. Ingichka barmokli Daryo qisqichbaqalari suvoʻtlar, kasal suv hayvonlari b-n oziqlanadi. Suvning sayoz qismida yashaydi. Oʻrgʻochisi kuzda 50—200 dona tuxum qoʻyadi, tuxumlarni urgʻochisi qorin oyoklariga ilashtirib olib yuradi. Daryo qisqichbaqalarining ayrim turlari yeyiladi.


Lotin alifbosida maqola: DARYO QISQICHBAQALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YEVROPA
OKEAN
KASPIY DENGIZI
OROL DENGIZI
AMUDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты