DARYO HARBIY FLOTILIYASI

DARYO HARBIY FLOTILIYASI — daryo harbiy kemalari va daryo qirgʻogʻidagi maxsus harbiy qismlar birlashmasi. Vazifasi — dushmanning daryo kemalariga qarshi kurashda yoki jangda qirgʻoqdagi qoʻshinlarga yordamla-shish, xalq xoʻjaligi mulklari hamda harbiy yuklarni qoʻriklash, davlatning daryo chegarasini muhofaza qilish. Daryo harbiy flotiliyasi tarkibiga turli daryo harbiy qismlari: har xil qayiq va kemalar, zirhli katerlar, maxsus harbiy kemalar, dengiz, yer va havo artilleriya batareyasi va b. kiradi. Daryo harbiy flotiliyasi Rossiyada dastlab 18-a. da tuzilgan. 1733—34 y. larda tuzilgan Don flotiliyasi turk qoʻshinlariga qarshi jangda ishtirok etgan. 1771-y. tuzilgan Dunay harbiy flotiliyasi Izmail qalʼasini bosib olishda katta yordam qilgan. Azov, Kaspiy, Oq dengiz, Volga, Don, Amudaryo, Amur va b. harbiy flotiliyalari fuqarolar urushi davridagi janglarda ishtirok etganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida Daryo harbiy flotiliyasi Volga boʻylab Stalingrad va Don fronti qoʻshinlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, doridarmon va qurollar yetkazib turgan (yana q. Amudaryo harbiy flotiliyasi).


Lotin alifbosida maqola: DARYO HARBIY FLOTILIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YER
TOSHKENT
XITOY
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты