DARYOLAR GIDROLOGIYASI

DARYOLAR GIDROLOGIYASI — quruqlik gidrologiyasining boʻlimi. Daryolar, ularning oʻzani va havzalaridagi suv oqimi va oqiziklarning gidrologik rejimini oʻrganadi. Daryolar gidrologiyasi daryo oʻzanining holatini, tabiiy omillar — Yer sirti holati (geologik tuzilishi, relyefi, oʻsimlik qoplami, tuproq sharoiti) va iqlimi (atmosfera yogʻinlari, havo harorati) hamda inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillarning oqimga taʼsirini oʻrganadi. Daryolar gidrologiyasi oʻzan jarayonlari, oʻzan oqimi dinamikasi, daryolarning t-ra rejimi, muzlash hodisalari, minerallashuv darajasi, shuningdek, daryolarning suv rejimi elementlarini oldindan aytish — bashorat qilish bilan shugʻullanadi (yana q. Gidrologiya).


Lotin alifbosida maqola: DARYOLAR GIDROLOGIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DARYO
AMUDARYO
ATMOSFERA YOGʻINLARI
ATMOSFERA
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты