DARYOLARNI HAVZALARARO OQIZISH

DARYOLARNI HAVZALARARO OQIZISH — xalq xoʻjaligi maqsadlarida sersuv daryo xdvzalaridagi suvning bir qismini kamsuv daryo havzalariga oʻtkazish; suv resurelarini hududiy qayta taqsimlash. Muayyan mintaqa va mamlakatlarda daryolarning notekis joylashganligi Daryolarni havzalararo oqizishga zarurat tugʻdiradi. Orol dengizi havzasining asosiy daryolari Amudaryo (Zarafshon, Qashqadaryo, Murgʻob, Tajan va b.) va Sirdaryo (Norin, Chirchiq, Aris va b. irmoqlari b-n) suvlari butunlay sugorish va yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun sarflanadi. Havzaning oʻz suv resurslaridan toʻla va samarali foydalanish yoʻllarini izlash bilan birga 80-y. lar boshlarida qoʻshni sersuv Kara dengizi (Ob va Yenisey daryo havzalari) havzasi suvlarini Orol dengizi havzasiga oqizish gʻoyalari oʻrtaga qoʻyildi va loyiha ishlari bajarildi. Hoz. sharoitda suv resurelarini bir havza ichida qayta taqsimlash boʻyicha yetarli tajriba toʻplangan. Jumladan, Orol dengizi havzasida daryo suvining bir kismini kamsuv daryolarga oqizishga imkon beradigan yirik suv magistrallari qurildi: Qoraqum kapali (Amudaryo suvining bir qismini Murgʻob, Tajan va Atrek daryo havzalariga yetkazib beradi); Amu-Buxoro mashina kanalы (Amudaryo-Zarafshon); Qarshi mashina kanali (Amudaryoqashqadaryo); Amu-Zang kanali (Amudaryo-Surxondaryo) va b. (q. Daryo oqimini tartibga solish).

Daryolar suvini bir havzadan boshqasiga oqizish texnika nuqtayi nazaridan suv resurslarini qayta taqsimlashning birmuncha murakkab usuli hisoblanadi. Daryolarni havzalararo oqizishning ekologik va meliorativ oqibatlari har tomonlama puxta tadqiq qilinishi lozim. Suv resurslarini havzalararo oqizish (qayta taqsimlash) sxemalari boʻyicha i. t. va loyihalash, texnika-iqtisodiy ishlarni i. t. in-tlari bajaradi.

Toshtemir Bekmurodov.


Lotin alifbosida maqola: DARYOLARNI HAVZALARARO OQIZISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
SIRDARYO
TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
QORAQALPOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты