DARIK

DARIK — qad. Eron oltin tangasi. Darikning paydo boʻlishini axomaniylar podshosi Doro I (mil. av. 522—486) nomi b-n bogʻlaydilar. Bir Darik (ogʻirligi 8,4 g) 5,6 g ogʻirlikdagi 20 ta kumush tanga qiymatiga teng boʻlgan. Doro III Kodoman davrida (mil. av. 336—330) ikki hissa ogʻirlikdagi Dariklar (16 g) chiqarilgan. Darik larga keng bichimli sharq kiyimi va kungurali toj kiygan, kamon va nayza ushlab turgan jangchining tasviri tushirilgan. Bunday tangalarning mamlakatimiz hududidan topilishi Oʻrta Osiyo bilan Eron oʻrtasida qadimdan savdo aloqalari mavjudligini koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: DARIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ERON
KIYIM
MISR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты