DARLINGTONIYA

DARLINGTONIYA (Darlingtonia californica) — sarratseniyadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik hasharotxoʻr oʻt. Kaliforniyaning Syerra-Nevada botqokliklarida oʻsadi. Barglari naysi-mon koʻzachaga oʻxshaydi, uchi olabula, qayrilgan, baliq dumiga oʻxshab ketadigan rangdor ortigʻi bor. Bargining ichki sirti pastga qaragan tuklar bilan qoplangan, ularning orasida shiradonlar bor. Shiraga kelgan hasharot barg ichiga tushsa, tashqariga chiqa olmay, nobud boʻladi, chirituvchi bakteriyalar taʼsirida parchalanadi; parchalanishdan hosil boʻlgan mahsulotlarni barg soʻrib oladi.


Lotin alifbosida maqola: DARLINGTONIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BAKTERIYALAR
SYERRA-LEONE
XITOY
BARG


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты