DARMANA

DARMANA (Artemisia cina) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub oʻq ildizli chala buta. Boʻyi 40 — 70 sm. Poyasi sershox, qizgʻish. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari kichik savatchalarda 3—6 tadan joylashgan. Sent. da gullab, okt. da urugʻ beradi. Jan. Qozogistonda daryo boʻylarida, soylar, tekisliklar va togʻ etaklarida oʻsadi. Darmana ekiladi ham. Endigina ochila boshlagan toʻpgulidan santonin (S|5N|8O3) olinadi. Toʻpguli va barglarida efir moyi (1,5—3%), betain, xolin, boʻyoq moddalar, olma va sirka kislotalar bor. Toʻpgulining damlamasi hamda santonin gijjalarni tushirishda fonda beradi. Darmanadan olingan efir moyi (darminol) har xil mikroblarni oʻldiruvchi antiseptik dori sifatida, revmatizm va asab kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bu moydan olinadigan gvayazulen nafas qisishi, revmatizm, ekzema kabi kasalliklarni davolashda va rentgen nurlaridan kuyganda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: DARMANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
DARYO
BUYUK BRITANIYA
Tushda olma ko`rsa nima bo`ladi.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты