DARMON SHOʻRVA

DARMON SHOʻRVA — xalq tabobatida kam quvvat odamlar, darmonsizlangan bemorlarga parhez buyuriladigan suyuq ovqat. Asosan parranda — xoʻroz, joʻja, qirgʻovul, bedana va b. ilvasinlardan tayyorlanadi. Qozonga sovuq suv quyib, pat va chavoqlardan tozalangan parranda butunligicha solinadi, qaynab chiqqach, koʻpigi olinib, piyoz solinadi, suyet olovda mildiratib qaynatiladi. Shoʻrvaga tuz, ziravorlar, oshkoʻklar, piyoz, toʻgʻralgan qizil sabzi, kartoshka, pomidor, chuchuk qalampir ham solish mumkin. Joʻja, bedana 1 soat, xoʻroz esa 2—2,5 soat davomida pishiriladi (q. Shoʻrva).


Lotin alifbosida maqola: DARMON SHOʻRVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHOʻRVA
PIYOZ
PALOV
Dado - Chat-pat (Seni seviyorum)
PARHEZ BILAN DAVOLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты