DAROIM

DAROIM — Toxaristonning jan. dagi Badaxshonda joylashgan tarixiy tuman. Ilk oʻrta asr Xitoy manbalarida u Ximotalo mulki nomi bilan mashhur. Stan Szannnt yozishicha, u Kishmdan sharkda joylashgan, hududi butunlay togʻlardan tashkil topgan, aholisi badjahl, beshafqat, turkiylarga oʻxshab kiyinishgan. Iqlimi sovuq boʻlsa ham, yerlari unumdor. Ayollar oʻziga xos bosh kiyim kiygan. Bu yerda bir qancha qalʼalar boʻlsada, aholi oʻtovlarda yashab, koʻchmanchi hayot tarzi kechirishgan. Daroimning birinchi podshosi saklarash boʻlib, unga koʻp xalqlar tobe edi. Turkiy qavmlar b-n qoʻshnichilik unga kuchli taʼsir qilgan, natijada Daroim aholisi ularning kup odatlarini oʻzlashtirib olgan. 20-a. boshida bu tu-manda 27 ta qishloq mavjud edi, ularning aholisini tojiklar, qarluqlar, belujlar va hazoralar tashkil etgan; aholi dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlib, koʻp mikdorda bugʻdoy yetishtirgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: DAROIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
KIYIM
XITOY
GEOGRAFIYA
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты