DARRASOLDI

DARRASOLDI, durrasoldi — bolalar va oʻsmirlar oʻyini. Oʻyinga qatnashuvchilar davra qurib oʻtiradilar. Bir kishi eshilgan belbogʻ (darra)ni qoʻliga ushlab, davra atrofida aylanadi va dar-rani oʻtirganlardan birining orqasiga bildirmay tashlab ketadi, oʻzi esa joy topib oʻtirib olishga harakat qiladi. Oʻtirgan odam orqasiga darra tashlanganini sezib qolsa, oʻrnidan tez turib, darrani oladi va darra tashlovchini quvlaydi, yetib olsa darra bilan urib, davrani aylantirib chiqadida, darrani unga berib oʻz oʻrniga oʻtiradi. Darra tashlagan kishi joy topib oʻtirib olishga ulgursa, darrali odam davra aylanishini davom ettirib, darrani boshqa birovning orqasiga tashlaydi. Mabodo kishi oʻz orqasiga darra tashlanganini bilmasa, unda darra tashlovchi uni urib davrani aylantiradi va darrani unga berib, oʻzi uning oʻrniga oʻtiradi. Oʻyin shu zaylda davom etadi.


Lotin alifbosida maqola: DARRASOLDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
BOLALAR ADABIYOTI
GOʻDAK
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты