DARSONVALIZATSIYA

DARSONVALIZATSIYA — yuqori kuchlanishli va yuqori chastotali oʻzgaruvchan tokni davo maqsadida qoʻllash; shu usulni tavsiya etgan (1891) fransuz olimi dʻArsonval nomi bilan atalgan. Umumiy (induktoterapiya) va mahalliy Darsonvalizatsiya farq qilinadi. Gaz bilan toʻldirilgan shisha elektrod bemor badanida u yoq-bu yoqqa suriladi, bunda bemor badani bilan elektrod oʻrtasida kichik uchqun razryadlar hosil boʻlib, teridagi nerv oxirlarini qitiqlaydi. Ayni vaqtda terida bir oz issiqlik paydo boʻladi, qon tomirlari reflektor yoʻl bilan kengayadi. Darsonvalizatsiya toʻqimalarning oziqlanishini yaxshilab, ogʻriqni qoldiradi. Darsonvalizatsiyada toʻqimalarda maʼlum fizik va kimyoviy oʻzgarishlar roʻy beradi. Umumiy Darsonvalizatsiya qon bosimini koʻtaradi, miya tomirlari tonusini barqarorlashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va h. k. Mahalliy Darsonvalizatsiya qon tomirlar tonusini oshiradi, moddalar almashinuvini tartibga soladi, toʻqimalar oziqlanishini yaxshilaydi, limfotsitlarning himoya faoliyatini kuchaytiradi va b. Periferik kon aylanishi buzilganda, yaʼni qoʻl yoki oyok, tomirlari torayib, toʻqimalar oziqlanishi oʻzgarishi natijasida et uvishib, xuddi chumoli yurayotgandek sezilganda bu usul (mahalliy Darsonvalizatsiya) qoʻllaniladi. Nevroz va yurak tomirlari spazmi oqibatida, yuza nervlar chigallari, gipertoniya kasalliklariga va ogʻriq bilan oʻtadigan b. kasalliklarga davo qilishda Darsonvalizatsiyadan foydalaniladi. Darsonvalizatsiya terining oziqlanishini yaxshilashi sababli bir kancha teri kasalliklarini davolash, kosmetikada ajin tushishi, shuningdek, soch toʻkilishining oldini olishda juda qoʻl keladi.


Lotin alifbosida maqola: DARSONVALIZATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
TOSHKENT
KIMYO
MARKAZII NERV SISTEMASI
ELEKTR BILAN DAVOLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты