DARXON

DARXON, Tarxon (moʻgʻulcha — temirchi, kosib, ozod kishi) — Chingizxon va uning vorislari tomonidan hukmron sinf vakillariga, oddiy xalq orasidan chiqib, hokimlarga alohida xizmat koʻrsatgan kishilarga berilgan unvon. D. lik imtiyoziga ega boʻlgan kishi har qanday soliq va majburiyatlardan ozod qilingan, ulugʻ xon huzurida boʻlish huquqidan ham foydalangan. Undan tashqari, Darxonlar jinoyat qilib qoʻyganda ham, bunday jinoyat 9-marta sodir boʻlguncha javobgarlikka tortilmagan. Darxonlik moʻgullar, temuriylar va shayboniylar davrida Movarounnahr va Yaqin Sharqda keng tarqalgan edi.


Lotin alifbosida maqola: DARXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMURIYLAR
TOSHKENT
XITOY
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты