DARXONARIQ

DARXONARIQ (qad. nomi Tarxon Sayyod arigʻi) — Toshkent viloyati va shahridan oʻtuvchi Salor kanalining hoz. temir yoʻl koʻprigidan yuqoriroqda oʻng qirgʻogʻidan boshlanuvchi kanal. 1950-y. lar oxirida yuqori oʻzani tekislab yuborilgach, qolgan qismi Oqqoʻrgʻon kanalining chap shoxobchasiga aylantirildi. Asosan shim.-sharkdan jan.-gʻarbga tomon oqadi. Bosh qismi Oqqoʻrgʻon koʻchasi boʻylab oʻtgan. Uz. 3,1 km. Suv sarfi 0,155 m3/sek. Mirzo Ulugʻbek shahar tumani hududi orqali oʻtadi. 1972-y. taʼmirlandi. Suvi oqovalar bilan ifloslangan. Darxonariqda 3 qaynama (dyuker), 7 quvur-koʻprik, 9 tarmoq bor.


Lotin alifbosida maqola: DARXONARIQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TEMURIYLAR
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты