DARGʻIN TILI

DARGʻIN TILI — dargʻinlar tili. Dogʻiston tillari guruhiga mansub. Dogʻiston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytogʻ va b.) hamda b. tumanlardagi baʼzi qishloqlarga tarqalgan. Dargʻin tilida taxm. 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillari Dogʻiston shoxobchasiga kiradi. Birbiridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Mas, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytogʻ (haydogʻ). Soʻnggi ikki dialektga baʼzan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy Dargʻin tiliga akusha dialekti asos boʻlgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va boʻgʻiz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub soʻzlardan tashqari boshqa (arab, fors, turkiy, rus) tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻpgina. 20-a. 20-y. larigacha yozuvga ega boʻlmagan, dastlab arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, soʻng lotin (1928—38), undan keyin (1938-y. dan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.


Lotin alifbosida maqola: DARGʻIN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
TOSHKENT
TURKIY TILLAR
JAHON TILLARI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты