DARGʻINLAR

DARGʻINLAR — Dogʻiston Respublikasida yashaydigan xalq. Umumiy soni 280,4 ming (1990-y. lar oʻrtalari). Dargʻin tilida gaplashadi. Hozir Dargʻinlar oʻz tarkibiga kaytag va kubachi etnografik guruhlarini singdirib bormoqda. Dargʻinlar oʻzlarini dargan , kaytaglar — xaydak, kubachilar — urbuchan deb ataydilar. Dargʻinlar haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 9-a. arab mualliflarining asarlarida uchraydi. Dargʻinlar togʻli tumanlarda chorvachilik, togʻ oldi mintaqalarida bogʻ-dorchilik bilan shugʻullanadi. Hunarmandchilik (asosan miskarlik) taraqqiy qilgan. Dindorlari islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.


Lotin alifbosida maqola: DARGʻINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ISLOM
DOGʻISTON
XITOY
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты