DARGʻON

DARGʻON (arab. — toʻgʻon, damba, toʻsiq va b. ning koʻpligi) — oʻrta asr shahar xarobasi. Hazorasplan 130 km jan.-sharqda, Amudaryo boʻyidan 3—4 km masofada joylashgan. Dargʻon moʻgʻullar istilosiga qadar yirik shahar (50 ga) boʻlgan. Makdisiyning yozishicha, Dargʻon poytaxt — Jurjoniyadan soʻng Xorazmning eng yirik shahri hisoblanib, katta jome masjidi boʻlgan. Janubiy Turkmanispgon arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan (1954). Hududida Dargʻon ota maqbarasi (14-a.) bor. Amudaryo kechuvlarining eng asosiylaridan biri Dargʻon yonida boʻlgan. Dargʻondan hozirda Dargʻon qalʼa, Oqqalʼa yoxud Koʻhna qalʼa nomlari bilan mashhur qalʼa xarobasi saqlanib qolgan. Uning maydoni taxm. 6 ga, atrofi qalin (2,60 m), bal. 8 m paxsa devor bilan oʻralgan.


Lotin alifbosida maqola: DARGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
XITOY
ERON
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты