DASTORBOSH

DASTORBOSH (Tanacetum) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi: oddiy Dastorbosh (T. vulgare) va togʻ Dastorbosh (T. pseudoachillea S.) uchraydi. Oddiy Dastorbosh boʻyi 150 sm gacha boʻlgan sershox oʻsimlik. Barglari patsimon, bandli va bandsiz. Gullari sariq, qalqonsimon toʻpgul. Mevasi — pista. Toʻpguli tarkibida efir moyi, alkaloidlar, flavonoidlar va b. moddalar bor. Toʻp-gulining damlamasi va poroshogi gijja haydashda, gepatit, an-gioxolit va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: DASTORBOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEGONA OʻTLAR
ALKALOIDLAR
DARMANA
ANDIZ
CHOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты