DATOLIT

DATOLIT (yun. dateomaj — boʻlaman va lithos — tosh) — mineral, orolsimon silikatlar kichik sinfiga mansub borsilikat. Kimyoviy formulasi Ca[BOH(SiO4)], tarkibida 21,8% V2O3 (borat angidrid) bor. Monoklin singoniyali; donador kristallar va zich agregatlar, oqma, radial shuʼlali ajralmalar holida uchraydi. Rangi oq, och yashil, sariq, sargʻish-yashil. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 5—5,5. Zichligi 3,0 g/sm3. Gidrotermal jarayonda hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Qurama togʻlaridagi skarnlarda bor. Xorijda Rossiya (Shim. Ural, Primorye), Tojikiston, Germaniya (Shvarsvald), Norvegiya, AQSH (Pensilvaniya shtati), Yaponiyada topilgan. Datolit bor rudalari tarkibiga kiradi.


Lotin alifbosida maqola: DATOLIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
MINERAL
TOJIKISTON
GERMANIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты