DAUN KASALLIGI

DAUN KASALLIGI — tugʻma oligofreniyanmng bir shakli, bunda boladagi akli norasolik bilan birga uning tashqi qiyofasi ham oʻziga xos koʻrinishda boʻladi. Daun kasalligini birinchi boʻlib ingliz vrachi L. Daun tavsif etgan (1886). Kasallik irsiy tabiatga ega boʻlib, kam uchraydi; bunga asosan xromosoma toʻplamida ortiqcha xromosomalar boʻlishi (21-juft) sabab boʻladi, shuning uchun ham baʼzan kasallik trisomiya deb yuritiladi. Daun kasalligiga yoʻliqqan bolalar nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham zaif va turli infeksion kasalliklarga moyil boʻladi. Bemorlarni asosan mehnat bilan davolash, maxsus maktablarda oʻqitish lozim.


Lotin alifbosida maqola: DAUN KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IRSIY KASALLIKLAR
XROMOSOMA KASALLIKLARI
TIBBIYOT
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты