DAXMAI SHOHON

DAXMAI SHOHON (shohlar daxmasi) — Qoʻqon sh. dagi meʼmoriy yodgorlik. 19-a. ning 20-y. larida qurilgan. Qoʻqon xonlari xonadonlariga tegishli shaxslar Norboʻtabiy va uning avlodlari dafn etilgan xazira. Daxmaga gʻarbdan peshtoq (9,4×11,7 m) orqali kiriladi. Peshtoqining ikki tomoniga burjlar ishlangan, sirkor gʻisht va koshin bezakli qilib terilgan. Peshtoq sathining yon tomonlari toʻq zangori rangdagi juft qalampir tasvirlar bilan be-zatilgan. Oʻrta qismiga zangori, yashil va oq koshindan sakkiz qirrali yul-duzlar, tepasiga qizil, qora va yashil rangli yoʻlyoʻl chiziqlar tushirilgan. Ravoq tepasida qizil, pushti, yashil, zangori va oq rangdagi oltiburchak va romb shakllari tasvirlangan. Maqbara eshigi oʻyma oʻsimliksimon naqsh va arabiy yozuvlar b-n uygʻunlashtirilib nafis bezatilgan. Maqbara gumbazli, ichki devorlaridagi darchalarning biridan tomga, ikkinchisidan masjidga oʻtilgan. Uchinchisi esa ochiq turgan. Ichki qismidagi katta ravoqlar bilan darcha ravoqlarining oraliqlaridagi gʻishtlar tik, gajaklar esa toʻlqinsimon qilib terilgan. Maqbara yonida ayvonli masjid (7×6,8 m) ikki us-tunli boʻlib, uning toʻsinli shifti 4 katakka boʻlingan, boʻyama naqsh b-n bezatilgan. Daxmai shohonda xonning onasiga atab qurilgan Modarixon maqbarasi yaxshi saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: DAXMAI SHOHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
NAQSH
TOSHKENT
BIBIXONIM JOME MASJIDI
RAVOQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты