DASHNAKSUTYUN

«DASHNAKSUTYUN» (armancha – «Ittifoq») — arman millatchilari partiyasi. 1890-y. da Tiflisda tuzilgan. Turkistonda mahalliy aholiga qarshi qirgʻinlar uyushtirgan (1918—19). Aʼzolari oʻzlarini «dashnoqlar» deb atashgan. Dastlab «Dashnaksutyun» dasturida terror va qurolli harakat yoʻli bilan Buyuk Armaniston davlatini barpo etish koʻzda tutilgan. 20 – a. boshlarida Kavkazda armanlar bilan turkiy xalqlarni birbiriga qarshi qoʻzgʻatib, milliy nizolarni kuchaytirishda mashʼum rol oʻynagan. Turk-arman qirgʻini (1915) sababchilaridan biri boʻlgan. Shu qirgʻindan soʻng dashnoqlarning bir qismi Turkistonga kelib oʻrnashgan. 1917-y. gi keskin siyosiy oʻzgarishlardan keyin «Dashnaksutyun» Armanistonda hokimiyatni egalladi (1918-y. may — 1920-y. noyab.). Kare viloyati va Erivan gubernyasida musulmonlarni ommaviy qirgʻin qildi (1920-y. sent.).

Bolsheviklar Turkistonda zoʻravonlik bilan sovet rejimini oʻrnatgach, «Dashnaksutyun» partiyasining qurolli drujinalaridan oʻlkadagi milliy kuchlarga qarshi kurashda foydalandi. Dashnoklar 1918-y. fev. da qizil askarlar bilan birgalikda Qoʻqon sh. da ommaviy qirgʻin oʻtkazdi (q. Turkiston muxtoriyati). Umuman 1918—19 y. lar davomida Fargʻona vodiysida istiqlolchilarga qarshi kurash niqobi ostida tinch aholidan 35000 kishini qirib tashlab, mol-mulkini talontaroj etdi. Turor Risqulov, Saʼdulla Tursunxoʻjayev, Nizomiddin Xoʻjayev kabi rahbar xodimlarning qatʼiy talabi natijasidagina Turkiston MIK 1919-y. 16-iyuldagi buyrugʻi bilan «Dashnaksutyun» partiyasini tarqatib yubordi va dashnoq drujinalarini qurolsizlantirdi (yana q. Istiqlolchilik harakati). «Dashnaksutyun» Armanistonning oʻzida ham taqiqlandi (1921), ammo xorijda oʻz faoliyatini davom ettirdi. 1990-y. lardan «Dashnaksutyun» Armanistonda oshkora faoliyat koʻrsata boshladi.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti [Kollektiv avtorov], T., 2000.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: DASHNAKSUTYUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ARMANISTON
ROSSIYA
BUYUK BRITANIYA
JADIDCHILIK
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты