DASHT SUSTKASHI

DASHT SUSTKASHI (Blaps halophila Fisch.) — qora tanli qoʻngʻizlar oilasiga mansub qoʻngʻiz. Tanasining uz. 17 — 25 mm, qora rangda. Moʻylovlari old-koʻkragining asosiga yetmaydi. Oʻrta Osiyoning dasht zonalari, Rossiyaning Yevropa qismi, Gʻarbiy Sibirda tapqalgan. Qoʻngʻizi va lichinkasi qishlaydi. Kattaligi 2 mm cha, oval shaklidagi tuxumini (yiliga 500 ga yaqin) tuproqqa quyadi. Tuxum qoʻyish bahor va yoz boʻyi davom etadi. Lichinkasi avg. oyida gʻumbakka aylanadi (bu davr 2—3 hafta davom etadi). Dasht sustkashining qoʻngʻizlari uchmaydi, biroq qoʻlansa hidli suyuklik ajratib, sekin sudralib yuradi. Urgʻochilari oʻsimlik qoldiqlari orasida (2 yilcha) yashab, begona oʻtlar bilan oziqlanadi. Tuproqda yashovchi qoʻngʻizlari va lichinkalari turli q. x. ekinlari, jumladan, gʻoʻza va beda maysalariga, ayniqsa, qurgʻoqchilik yillari, zarar keltiradi.

Kurash choralari: qator oralariga oʻz vaqtida sifatli ishlov berish, 10% li bazudin (40 kg/ra) solish, ekin maysalariga sumitsidinning 20% li (0,4 kg/ga) yoki detsionning 2,5% li emulsiyalanuvchi konsentrati (0,3 kg/ga)ni purkash.

Najmiddin Mahmudxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: DASHT SUSTKASHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ? degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ROSSIYA
MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий