DASHTI KAVIR

DASHTI KAVIR — Eron togʻligining shim.-sharqidagi choʻl. Uz. qariyb 500 km, eni 250 km chamasida. Mayd. 55 ming km2. Bal. 600—800 m li qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, shoʻrxoklar, qurib qoladigan shoʻr botqoqliklar va koʻllar bor. Koʻp qismida oʻsimlik deyarli oʻsmaydi. Yozda yer yuzasi qalinligi bir necha sm li oppoq tuz qatlami bilan qoplanadi. Bahorgi namgarchilikda bu yerlarda yurib boʻlmaydi. Choʻlning shim. chekkasida yirik vohalar bor.


Lotin alifbosida maqola: DASHTI KAVIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
SAHROI KABIR
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты