DASHTI MARGʻO

DASHTI MARGʻO — Afgʻonistonning jan.-gʻarbdagi choʻl, Hilmand va Xash-rud daryo vodiylari oraligʻida. Mayd. 150 ming km2. Bal. 500—700 m. Dor daryosining qurigan oʻzani kesib oʻtadi. Iqlimi subtropik; yogʻin yiliga 50 — 100 mm. Yer yuzasining koʻp qismi toshloq va gil tuproqli, baʼzi joylarida shuvoq va boyalichlar oʻsadi. Jan.-gʻarbida qum tepalari bor, ular oraligʻi esa taqir va shoʻrxoklardan iborat. Yaylov chorvachiligi va tuyachilik bilan shugʻullaniladi. Choʻlning chekka qismida vohalar uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: DASHTI MARGʻO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
XITOY
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты